Xotin-qizlar bandligi – eng muhim vazifa
bugungi kunda jamiyatimizning barcha jabhalarida xotin-qizlar faolligi ortmoqda. Shu o‘rinda ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan talaygina ishlar qilindi. Curxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi “Oltinsoy Zif textile” korxonasining bu boradagi ulushi yuqori.
[gallery-1996]
O‘tgan yili ish boshlagan korxonada ichki bozor uchun tekstil mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxonada 158 nafar oltinsoyliklar mehnat qilmoqda. Ta’kidlash joiz, ularning 154 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Ishchilar uchun korxonada munosib sharoit va qulayliklar yaratilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA