Xorijlik sayyohlarni hayratlantirgan metro
Dunyoning köplab şaharlarida metro odamlarni manziliga tezroq yetkaziş vositasi sifatida qaraladi. Toşkentda esa yer ostiga tuşgan yölovçini transport qatnovidan taşqari yana bir olam kutadi. Bu meʼmoriy yeçim, tarix va sanʼat namunasiga ega bekatlar olami. Har bir bekatda özgaça bir gözallik, sanʼat va tarix mujassam.
Dunyoga maşhur Euronews telekanali tomonidan tayyorlangan Toşkent metropoliteni faoliyatiga bağişlangan maxsus lavhada poytaxt metrosi bekatlarining betakror meʼmoriy qiyofasi, ularning yaratiliş tarixi, bezaklarida aks etgan milliy öziga xoslik va bugungi kundagi ozodaligiga alohida eʼtibor qaratildi.
“Markaziy Osiyoning qoq markazida joylaşgan Özbekistondagi şaharlar Buyuk ipak yölining muhim manzilgohlari bölgan”. “Turli xalqlar, turli madaniyatlar aynan şu zaminda bir-biri bilan tutaşgan. Toşkent metrosi esa nafaqat qulay transport tizimi, balki özida katta tarixni jamlagan meʼmoriy sanʼat asari hamdir. Uning har bekati ötmişdan sözlaydi”, deyiladi lavhada.

Darhaqiqat, Toşkent metrosi bekatlarida milliy naqşlar, murakkab mozaikalar, marmar va yoruğlik uyğunligi közga taşlanadi. Bu yerdagi meʼmorçilik, tasviriy sanʼat va muhandislik yeçimlari bir-birini töldirib, öziga xos muhit yaratişi xorijliklarda ham katta taassurot uyğotadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA