Xorazmda zamonaviy kardiologiya binosi foydalanişga topşirildi
Orolböyi mintaqasi ixtisoslaştirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi zamonaviy tibbiyot binosining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tantanali marosimda Xorazm viloyat hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, Xorazm viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Köpal Tangriberdiyev, şuningdek, soha mutasaddilari, tibbiyot muassasalari rahbarlari, mehnat faxriylari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Davlat byudjetidan qariyb 10 milliard söm mablağ evaziga barpo etilgan 3 qavatli uşbu yangi bino eng zamonaviy tibbiy uskunalar va qulayliklar bilan taʼminlangan.

– Markazning birinçi qavatida "Şoşilinç kardiologiya" bölimi, ikkinçi qavatda "Intervension kardiologiya" bölimi, uçinçi qavatida esa "Yurak işemik kasalligi" bölimi joylaşgan, – deydi viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Köpal Tangriberdiyev. - Xorazm viloyatida aholiga körsatilayotgan ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasidagi bunday işlar izçil davom etmoqda.

Markazning mavjud 115 örinli quvvati 185 öringa yetkazildi. Eng muhimi, endilikda murakkab yurak-qon tomir amaliyotlari va şoşilinç kardiologik yordam körsatiş sifati yanada oşib, bemorlarning respublika markazlariga yoki boşqa hududlarga borişiga hojat qolmaydi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri