Xorazmda ham koronavirus aniqlandimi?
Koronavirus Info telegramm kanalida maʼlum qilinishicha
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing boʻlib oʻtdi. Unda koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida qayd etilgani haqida maʼlumot berilgandi.
Koronavirus Info telegramm kanalida maʼlum qilinishicha sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov efirdan soʻng bu masalaga aniqlik kiritgan. Uning qayd etishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini koʻrsatgan va koronavirus bemorlari roʻyxatiga kiritilgan.
Takroriy tekshiruvda, boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan.
Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.