Xorazmda “Besh tashabbus olimpiadasi” boshlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, sport boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar mas’ul rahbarlari ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumiga start berildi.
[gallery-16356]
Olimpiadaning o‘tgan 2023-yildagi bellashuvlarida 21 dan ortiq tanlov va musobaqalar tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yil birinchi mavsumi doirasida madaniyat, san’at, sport, IT va kasblar tanlovi kabi qator muhim yo‘nalishlarni o‘zida qamrab olgan 26 ta tanlov va musobaqa o‘tkazilishi belgilandi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA