Xorazmda 35 nafar bemor toʻliq tuzaldi
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 407 nafarni tashkil etmoqda.
Bugunning oʻzida Urganch shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlarning 31 nafari barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyatdagi shifoxonalariga joylashtirilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda.
Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 45 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 407 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.