Xonobodda yangi mehmonxona ish boshladi
Andijon viloyati Xonobod shahrida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega “Sherdor” deb nomlangan yangi mehmonxona bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Andijon viloyati Xonobod shahrida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega “Sherdor” deb nomlangan yangi mehmonxona bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida ichki turizmni rivojlantirish, xususan, Xonobod shahrini Fargʻona vodiysining turizm markaziga aylantirish boʻyicha takliflarni ilgari surib, bu borada qilinishi zarur boʻlgan qator vazifalarni belgilab bergan edi.
Ana shu vazifalar ijrosi doirasida Xonobodda yangi turistik obyektlar barpo etish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yillik bayrami oldidan ish boshlagan mazkur mehmonxona ham ana shu yoʻnalishdagi ishlarning amaliy natijasidir.

Umumiy loyiha qiymati 1 milliard soʻm boʻlgan, 35 oʻrinli mazkur mehmonxona tadbirkor Sh. Vahobjonovning oʻz mablagʻi hisobiga qurib bitkazildi. Mehmonxonada 2, 3, 4 va 6 kishiga moʻljallangan standart, yarim lyuks va lyuks xonalar mavjud boʻlib, ular eng zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.
Yangi mehmonxonaning ishga tushishi bilan 13 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.