Xolnazarov Umid Erkinovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nasriy nutqda metaforalarning lingvokognitiv, lingvomadaniy xususiyatlari (Tog‘ay Murod qissalari misolida)” mavzusida
Xolnazarov Umid Erkinovichning “Nasriy nutqda metaforalarning lingvokognitiv, lingvomadaniy xususiyatlari (Tog‘ay Murod qissalari misolida)” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 11 oktyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy, Termiz davlat universiteti majlislar zali.
Tel.: (+99876) 221-74-55; Faks: (+99876) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz