Xo‘jalikning ishlab chiqarish tarmog‘i
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Chashmai safed” fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni samarali yo‘lga qo‘ygan ko‘p tarmoqli xo‘jaliklardan.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Chashmai safed” fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni samarali yo‘lga qo‘ygan ko‘p tarmoqli xo‘jaliklardan.Xo‘jalikda 850 bosh qoramol parvarishlanmoqda. 12 turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan go‘shtni qayta ishlash sexi yiliga 200 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Sexda tayyorlanayotgan sakkiz turdagi sifatli kolbasa mahsulotlari iste’mol bozorida xaridorgir.