Xizmat ko‘rsatish sohasi – iqtisodiyot drayveri
Zamonaviy jamiyatda xizmat ko‘rsatish sohasi muhim o‘rin tutadi. bugungi kunda u yoki bu sohada xizmat ko‘rsatmaydigan korxona va tashkilot deyarli qolmadi. Har kuni hammamiz bu sohaga duch kelamiz: uyali aloqa telefonlari, internet, savdo-ko‘ngilochar markazlar xizmatlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, go‘zallik saloni, maslahat markazlari, tibbiy va o‘quv muassasalar ko‘rsatayotgan xizmatlar, turli transport turlarida sayohat qilish va yuk tashish xizmatlari shular jumlasidandir.
O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushini oshirish, joylardagi ximzat ko‘rsatish sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘la ishga solish, mahsulot turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hal etish maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 11 mayda “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2020 yilning dastlabki olti oyida mamlakatimizda xizmatlar sohasining hajmi 100 trillion so‘mdan oshmagan edi, biroq bu ko‘rsatkich 2021 yilning birinchi yarmida ancha o‘sdi va 127,6 trillion so‘mni tashkil etdi (18,3 foizga o‘sgan). Xususan, joriy yilning shu davrida Buxoro viloyatida aholiga 5,7 trillion so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan (2020 yilda bu ko‘rsatgich 4,3 trln so‘m bo‘lgan). O‘sish sur’ati 21,1 foizni tashkil etgan.

bugungi kunda Buxoro viloyatida 18 mingdan ziyod korxona xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi. O‘tkazilgan tahlillar bu viloyatda 1400 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga talab borligini ko‘rsatdi. Shu bois, “O‘zmilliybank” AJ mutaxassislari bu sohani rivojalntirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqdi.

– 2021-2022 yillarda Buxoro viloyatida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid 201 ta loyiha tuzildi, buning samarasida xizmatlar hajmi 170 milliard so‘mga oshadi, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati filialining katta menedjeri Obid Shodiyev. – Buning natijasida byudjet daromadlari 7 milliard so‘mga oshishi kutilmoqda. Biz bu natijalar bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyormiz.
Buxoroda “O‘zmilliybank” AJ ko‘magi bilan tashkil etilgan «City sport» zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Loyiha qiymati 16,9 milliard so‘m, shundan 10 milliard so‘mlik mablag‘ bank kreditlaridir. Buning samarasida 35 ta ish o‘rni yaratiladi.
– Ilgari bu yerda kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan eski bino bor edi. Bino ta’mirlash ishlari va barcha zarur uskunalar bilan jihozlanganidan so‘ng zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bu yerga tashrif buyurayotganlar soniga qarab ham aholining sportga bo‘lgan yuksak qiziqishini ko‘rish mumkin. Kelajakdagi rejalarga keladigan bo‘lsak, yangi loyihalarimizni “O‘zmilliybank” AJ ga taqdim etdik. Maqsadimiz – xizmatlar sohasidagi faoliyatni yanada kengaytirish, – deydi loyiha menedjeri Azizbek Qorayev.
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan moliyalashtiriladigan yana bir loyiha – Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi mehmonxona. Loyiha qiymati 5 milliard so‘m, uning yarmi “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etiladigan kredit mablag‘laridir.
Loyiha muallifi G‘anisher Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha samarasida 35 kishi ish bilan ta’minlangan.
So‘nggi yillarda xususiy tibbiy muassasalar soni tobora ko‘paymoqda. Masalan, 2020 yilning dastlabki olti oyida buxoroliklarga 67,7 milliard so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 100 milliard so‘mdan oshdi. G‘ijduvon tumanida barpo etilgan «Kavsar Med Center» zamonaviy klinikasi ham ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu majmuaning loyiha qiymati 12,5 milliard so‘mni tashkil etadi, shundan 4,5 milliard so‘mi “O‘zmilliybank” AJ kreditidir. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng 25 ta ish o‘rni tashkil etiladi. Tibbiy majmua tuman klinikalarida hali mavjud bo‘lmagan eng yangi uskunalar bilan jihozlanadi.
– Biz sakkiz yo‘nalishdagi xizmatlarni taqdim etamiz: nevrologiya, kardiologiya, terapiya, endokrinologiya shular jumlasidandir. Shifoxona 27 o‘ringa mo‘ljallangan. Hindiston, Xitoy, Germaniyadan keltiriladigan 30 yaqin zamonaviy texnika xalqimiz salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi, – deydi loyiha muallifi Nutfullo Jo‘rayev.
Qayd
etish joizki, maishiy xizmat ko‘rsatish komplekslari nafaqat viloyat markazlari yoki yirik shaharlarida, balki chekka tumanlarda ham bunyod etilmoqda. Masalan, «Viqor» maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi ana shunday loyihalardan biridir. Loyiha qiymati 7,2 milliard so‘m, shundan 700 million so‘m mablag‘ “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etiladi. Buning samarasida 40 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Aholini ta’lim xizmatlari bilan qamrab olishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish “O‘zmilliybank” AJning doimiy e’tiborida.
Aniq fanlarga ixtisoslashgan zamonaviy o‘quv markazi bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha qiymati 3,5 milliard so‘mni tashkil etadi, shundan 1,5 milliard so‘mlik mablag‘ – bank krediti. Ish o‘rinlari soni 10 ta bo‘ladi.
Bundan tashqari, “O‘zmilliybank” AJ umumiy qiymati 4,7 milliard so‘m bo‘lgan «Diyor Cinemax» zamonaviy kinoteatrini qurish loyihasi uchun 3,5 milliard so‘m kredit ajratdi. Kinoteatr bir martada yuz nafar tomoshabinga xizmat ko‘rsatadi.
Yaqin ikki yilda Buxoro viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida 3,5 trillion so‘mlik 1370 ta quvvat ishga tushiriladi. Shu tariqa, 2023 yilda xizmatlar bozori hajmi ikki barobar ko‘payishi kutilmoqda. Ayni vaqtda, taqdim etilayotgan xizmat turlari sifati ham oshib bormoqda. Bu masalada “O‘zmilliybank” AJ yordam beradi.
Anastasiya Borovikova,
“O‘zmilliybank”AJ matbuot xizmati ko‘magida tayyorlandi
Reklama huquqi asosida