Xizmat ko‘rsatish takomillashtirilmoqda
Farg‘ona xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi, parvozlar sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi, parvozlar sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan yili mukammal rekonstruksiyadan chiqarilgan va yangicha qiyofa kasb etgan aeroportda yo‘lovchilar hamda aeroport xizmatchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi. Konditsioner, ventilatsiya, isitish tizimi va jihozlar yangilandi. Binoga o‘rnatilgan zamonaviy videokuzatuv kameralari, detektorlar aviatsiya xavfsizligini yuqori darajada ta’minlashga xizmat qilmoqda.