Xitoylik talaba ismini Yasmina deb o‘zgartirdi (+video)
Vang Zilu Xitoy Xalq Respublikasining Shansi provinsiyasiga qarashli Shian shahrida tug‘ilgan. U yoshligidan tarixga qiziqadi. Bakalavrni Xitoydagi Shanxay universitetida tamomlab, O‘zbekistonda o‘qishni davom ettirishni niyat qiladi. Hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakultetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
– Meni Yasmina deb chaqirishingiz mumkin. Chunki bu yerda ko‘pchilik ismimni aytishga qiynaladi. Bu ismni menga o‘zbekistonlik dugonam qo‘ydi. Yasmina menga juda ham yoqdi. Bu bir gulning nomi, xushbo‘y, ifori kuchli, chiroyli degan ma’noni bildiradi, – deydi u biz bilan suhbatda.
Xitoydagi milliy qadriyatlar yuzasidan bergan savolimizga u shunday javob berdi:
– Mening fikrimcha, bugungi zamonaviy Xitoyda muhim ikkita qadriyat bor: vatanparvarlik va halollik. Chunki, Vatan bo‘lmasa oila bo‘lmaydi. Xitoyda qadimdan “halollik – oltin”, degan so‘z saqlanib keladi. Har bir inson uchun halollik juda ham muhim, deb bilaman.
O‘zAning You Tube sahifasiga joylangan quyidagi videoda xitoylik talaba bilan suhbatimizning to‘lig‘ini ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JoeZ3fB2XtY?si=jaNEDVogwkFkm-x-" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video),O‘zA