Xitoyda zilzila qayd etildi
Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon-Uygʻur avtonom hududida 4,9 magnitudalik zilzila roʻy berdi
Xitoy shimoli-gʻarbidagi Shinjon-Uygʻur avtonom hududida 4,9 magnitudalik zilzila roʻy berdi.
Bu haqida Xitoy seysmologiya markaziga asoslangan holda RiA Novosti xabar bermoqda. Yerosti silkinishlari Boro-Tala-Moʻgʻul muxtor viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 20.23 da kuzatilgan. Zilzila oʻchogʻi 22 kilometr chuqurlikda qayd etildi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilgani yoʻq.
Ushbu zilzilani qoʻshni Qozogʻistonda ham sezilgani aytilmoqda. Mamlakat IIV favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi vakili Nursultan Nuraxmetovning maʼlum qilishicha, Taldiqoʻrgʻon shahri, Raimbek, Kegen va Panfilov tumanlarida 2-3 balli yer silkinishlari qayd etilgan.