Xitoyda to‘qqiz kishini poyezd bosib ketdi
Urumchidan Xanchjau qarab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bir guruh temir yo‘l ishchilarini urib ketdi. Xitoy markaziy televideniyesi xabar berishicha, halokat natijasida 9 kishi qurbon bo‘lgan.
Hodisa Gansu viloyatining Szinchan uyezdidan o‘tuvchi yo‘lda ro‘y bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz nafar yo‘l ishchilari halok bo‘lgan.
Favqulodda hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Qutqaruv-qidiruv xizmati fojia sababini o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.