Xitoyda karantin choralari kuchaytirilmoqda
Xitoy hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 13 millionlik Sian shahri aholisi uylaridan chiqmasligi bo‘yicha qaror qabul qildi.
"INTERFAX.RU" bu haqda "Channel NewsAsia" ma’lumotiga asoslanib xabar bergan.
Sianda yana 52 holatda virus yuqtirish holati qayd etilib, bemorlar jami 143 nafarga yetgan.
Avvalroq shaharliklar yoppasiga test topshirishga jalb qilingandi.
Siandagi har bir uydan bir kishi ikki kunda bir marta barchaga kerakli mahsulotlarni olish uchun ko‘chaga chiqishiga ruxsat berilgan.
Shahar tegrasiga nazorat punktlari qo‘yilgan, mahalliy aeroportdagi 85 foiz aviaparvozlar bekor qilingani aytilmoqda.