Xitoyda giperkar rekord qöya olmadi
“Life” onlayn naşri xabar berişiça, Xitoyda jahon rekordini yangilaşga uringan giperkar soatiga 500 kilometr tezlikda ağdarilgan. Xayriyatki, haydovçi tirik qolgan.
– BYD kompaniyasi “Yangwang U9 Xtreme” elektr avtomobili yopiq yölda jiddiy avariyaga uçradi, – deb yozgan naşr. – Haydovçi boşqaruvni yöqotgaç, maşina aylanib ketdi va tösiqqa urildi. 3000 ot kuçiga ega maşina metall uyumga aylandi, orqa öq butunlay uzilib ketdi. Hayratlanarlisi, haydovçi jarohat ham olmagan, hatto qoçişga ulgurgan.
Xabar qilinişiça, avvalroq Germaniyada ayni turdagi maşina tezligi 496,22 kilometr/soatga çiqib, dunyodagi eng tezkor avtomobil sifatida tan olingan edi.
Şu oy Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötadigan poyga çoği uşbu rekordni yangilaş, giperkarni 500 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanişiga erişiş rejalaştirilgan.
S.Rahimov, ÖzA