Xitoy tabiiy ofatdan mislsiz zarar ko‘rmoqda
Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqini iyul oyida tabiiy ofatdan kelib chiqqan iqtisodiy yo‘qotish o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘payishiga olib keldi. AzerTAJ xabarida shu haqda ma’lumot berilgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oy tabiiy ofatdan ko‘rilgan, aniqrog‘i kuchli yomg‘ir, suv toshqini yoki shunga o‘xshash fojia oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zarar 88 foiz, ya’ni 76,9 milliard yuan (10,1 milliard dollar)ni tashkil etgan. Bu 2021 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.
Masalan, bir oy ichida Xitoy bo‘ylab 26,4 millionga yaqin odam tabiiy ofatdan jabr ko‘ryapti, 328 kishi halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani qayd etilgan. 1,1 million kishi ko‘chirilgan, 12 ming xonadon, jami 157 ming bino vayron bo‘lgan. 2,42 million gektar ekin maydoniga ziyon yetgan.