Xitoy SOVID-19 AQSHda paydo bo‘lganini aytmoqda
Prezident Donald Tramp ma’muriyati SOVID-19 tarqalishida XXR laboratoriyasini ayblagach, Pekin kuni kecha ommaga oshkor etilgan pandemiyaga qarshi javob to‘g‘risidagi bayonotda mazkur virus, aksincha, Qo‘shma Shtatlarda yaratilgani ehtimoli haqida gapirdi.
Oq uy 18 aprel kuni ishga tushirgan SOVID-19 veb-saytida koronavirus Xitoydagi laboratoriyadan sizib chiqqanini ta’kidlarkan, sobiq Prezident Jo Bayden, AQSH sog‘liqni saqlash tizimi sobiq yetakchi xodimi Entoni Fausi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tanqid qilgan.
“Sinxua” davlat axborot agentligi chop etgan maqolada Xitoy AQSHni ushbu masalani siyosiylashtirishda ayblagan.
– Biz tegishli ma’lumotlarni vaqtida JSST va xalqaro hamjamiyat bilan baham ko‘rdik, – deya qo‘shimcha qilingan hisobotda. – AQSH o‘zini “gung va kar qilib ko‘rsatish”da davom etmasligi, aksincha xalqaro hamjamiyatning tabiiy xavotirlariga javob berishi kerak. Asosiy dalillar SOVID-19 Xitoyda avj olishidan oldinroq Qo‘shma Shtatlarda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA