Xitoy shimoli-g‘arbiga qum bo‘ronlari yopirildi
Gansu provinsiyasi qum bo‘ronlari qurshovida qoldi. Havodagi qumning ko‘pligi sababli nafas olish organlari kasalliklariga chalinganlar jiddiy muammolarga duch kelishmoqda.
Gansu provinsiyasi qum bo‘ronlari qurshovida qoldi. Havodagi qumning ko‘pligi sababli nafas olish organlari kasalliklariga chalinganlar jiddiy muammolarga duch kelishmoqda.
Euronewsning xabar berishicha, shamol kuchayishidan bir necha daqiqa oldin aholi ogohlantirilgan.
Butun Gansuning qum qatlami bilan qoplanishiga esa chorak soatdan kamroq vaqt yetarli bo‘ldi. Ayniqsa avtomobil yo‘llarida harakatlanish qiyinlashgan. Yo‘llarda ko‘rish imkoniyati pasaygani sababli, haydovchilar avtomobillarni to‘xtatib turishlariga to‘g‘ri keldi. Mahalliy meteorologiya markazi shunday tabiiy ofat tahdidi kamida 12 soat saqlanib qolishi mumkinligini aytgan.