Xitoy korporatsiyasi bilan agrotexnika suğurtasi masalalari muhokama qilindi
Qişloq xöjaligi vaziri Xitoyning "SINOSURE" korporatsiyasi vakillari bilan uçraşdi. Muzokaralarda qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qiliş, moliyaviy xavflarni suğurtalaş va özaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy eksport kreditlarini suğurtalaş korporatsiyasi (SINOSURE) Loyihalarni suğurtalaş va anderrayting departamenti boş direktori Vang Xu bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida Özbekiston va Xitoy örtasida qişloq xöjaligi texnikalarini yetkazib beriş va xarid qiliş borasida erişilgan kelişuvlar, mavjud hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, Xitoyda işlab çiqarilgan paxta teriş maşinalarini xarid qilişni moliyalaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va uşbu jarayonni suğurta bilan taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, mazkur texnikalarni xarid qiliş uçun jalb etilgan moliyaviy resurslarni suğurtalaş, bunda “SINOSURE” korporatsiyasining imkoniyatlari va xizmatlaridan foydalaniş, özaro manfaatli hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qiliş va moliyalaştiriş jarayonlarida moliyaviy xavflarni kamaytiriş, suğurta mexanizmlarini takomillaştiriş hamda kelgusida uşbu yönalişdagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari ham körib çiqildi. Suhbat yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiriş, bildirilgan takliflarni amaliy jihatdan işlab çiqiş va istiqbolli yönalişlarda özaro hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi taʼkidlandi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA