Xitoy devori faqat mudofaa uchun qurilmagan (+video)
Buyuk Xitoy devorining buyukligi nimada deyishsa, bugun ham o‘z shakli va tarixini saqlab kelayotganida degan bo‘lardim.
CIPCC-2025 dasturi doirasida Xitoy devoriga sayohat uyushtirildi. Qachonlardir kinolarda, suratlarda ko‘rgan, Chin yurti desa ko‘z oldimga keladigan inshoot bugun yonginamda gavdalandi. Bu tush emas edi, haqiqatdan ham Xitoy devori. Ichimdan oddiy bir devorda, uzunligi va qadimiyligidan boshqa nimasi bor degan o‘y bo‘ldi. Lekin reportaj tayyorlash uchun manbalarni qidirganimda va oyog‘im ostida ming yillik tarix yotganini his qilganimda, devorning naqadar buyukligini his qildim. Xitoy devori – dunyoning eng mashhur tarixiy obidalaridan biri, uning uzunligi taxminan 21 ming metrni tashkil etadi. Devor Min sulolasi davrida (1368–1644) kengaytirilib, mustahkam qilingan. Devorning asosiy vazifasi Xitoyni shimoldan bostirib keluvchi yovlardan himoya qilish bo‘lgan.
[gallery-22338]
Devor turli joylarda turli materiallardan qurilgan. Ayrim qismlar toshdan, ba’zilari esa siqilgan tuproq va yog‘ochdan qurilgan. Devorning eng mashhur qismlaridan biri Badaling bo‘lib, u Pekin yaqinida joylashgan va ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradigan joydir.
Xitoy devori 1987 yilda UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Har yili millionlab sayyohlar uni tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi. Xitoy devori nafaqat Xitoy tarixi va madaniyatining ramzi, balki inson qobiliyati va mahoratining timsolidir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KPiitOiK30k" title="Xitoy devori faqat mudofaa uchun qurilmagan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, O‘zA