Xitoy bilan strategik sheriklik, Serbiyaga tashrif, xorijga ko‘chish va futboldagi g‘alaba - Qisqa xabarlar
"Qisqa xabarlar" dasturining bugungi sonida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy delegatsiyasi va Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashuvlari, mamlakatda suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi hamkorlik, davlatimiz rahbarining Serbiyaga rasmiy tashrifi hamda O‘zbekistondan doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketgan fuqarolar soni haqida so‘z boradi.
Shuningdek, fuqaro foydasiga 500 million so‘mlik qarz undirilgani, Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo stol tennisi chempionati ramzi taqdim etilgani, Behruz Karimov jamoasining Shveysariya chempionatidagi g‘alabasi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l olgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Yurtimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA