Xatosini tuzatişga bel boğlagan insonga davlat va jamiyat suyanç bölmoqda
Qaror va ijro
Temir darvoza yengil oçildi. Ön yil kutilgan inson nihoyat oilasi bağriga qaytdi. Farzandlari, turmuş örtoği, ota-onasi bilan diydorlaşuv heç bir taʼrifga siğmaydi. Uzoq soğinç va köz yoşlarni har bir qalb öziça his qiladi.
Ammo ilk hayajon bosilgaç, uy içiga ertangi kunning oğir sukunati çökadi. Ön yil içida şaharning köçalariyu binolarigina özgarmagan. Bugun mehnat bozori ham butunlay boşqa qiyofaga kirgan. Texnologiyalar yangilangan, yangi kasblar paydo bölgan. Iş beruvçining talabi esa keskinlaşgan. Qölida zamonaviy hunari yöq odam uçun esa rözğor tebratiş va atrofdagilarning işonçini qayta qozoniş oğir sinovga aylanadi.
Bu holat bir yoki ikki xonadonning dardi emas. Içki işlar vazirligi joriy yilning aprel oyida eʼlon qilgan maʼlumotga köra, mamlakatdagi 49 ta jazoni ijro etiş muassasasida 47 ming 432 nafar mahkum jazo ötamoqda. Ularning taxminan 26 ming nafari yopiq koloniyalarda, 11 mingdan ortiği esa manzil-koloniyalarda saqlanadi. Ertami-keçmi ularning aksariyati şu temir darvozadan taşqariga çiqadi. Agar sobiq mahkum köçaga qöli böş, munosib daromad topiş imkoniyatisiz çiqsa, eski xatoga qaytiş xavfi saqlanib qolaveradi.
Mahkumni jazo muddatini ötayotgan davridayoq mustaqil hayotga tayyorlaş zarurati aynan şundan kelib çiqadi. Töğri, Jinoyat-ijroiya kodeksida kasbiy taʼlim mahkumni tuzatişning asosiy vositalaridan biri sifatida avvaldan mustahkamlangan. Biroq qonundagi bu meʼyor hayotda tölaqonli işlaşi uçun zamonaviy öquv bazasi va ozodlikdan keyingi bandlik zanjiri zarur edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-noyabr kuni imzolagan “Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaşuvini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror şu zanjirni yaxlit tizimga aylantirişni közlaydi. Hujjatda belgilangan boş maqsad ham aniq, mahkumlarni kasbga öqitiş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş.
Bu körsatkiçga erişiş uçun koloniyalardagi öqitiş jarayoni real mehnat bozori talabiga moslaştiriladi. Xususan, 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasi taşkil etiladi. 2030-yilga qadar esa bozorda talab yuqori bölgan kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etilib, har yili 15–20 ming nafar mahkum zamonaviy hunarlarga öqitiladi. Natijada kasbiy taʼlim qamrovini 60 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Inson taqdiri uçun eng muhim jihati şundaki, mahkum zaruratga qarab 2 ta kasbni egallaşi va yakunida davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat olişi mumkin. Bunday hujjat ozodlikka çiqqan odamga iş izlaşda quruq vaʼdadan köra işonçliroq tayanç beradi.
Jazo muddati jismoniy erkinlikni çeklaydi, ammo insonning öqiş va öz ustida işlaş istagini töxtatib qöymasligi kerak. “Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028 öquv yilidan boşlab mahkumlar koloniyaning özida belgilangan tartibda imtihon topşirib, oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imkoniga ega böladi. Buning uçun muassasalarda oliy taʼlimga tayyorlovçi maqsadli kurslar yölga qöyilib, videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi. Talabalikka qabul qilinganlar tölov-kontrakt asosida masofaviy şaklda tahsil oladi. Uzoq yillik jazo muddatini şunçaki kutiş bilan emas, bilim oliş bilan ötkazgan odamning dunyoqaraşi ham, jamiyatga qaytişdagi işonçi ham özgaradi.
Biroq qöldagi diplom yoki sertifikatning özi rözğorni butlab qöymaydi. Uni real iş örniga aylantiriş kerak. Şu bois yangi tartibga köra, kasb-hunar kursini bitirib, davlat namunasidagi hujjat olgan mahkumlar haqidagi maʼlumotlar ular ozodlikka çiqişidan kamida bir oy oldin Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga taqdim etiladi. Şundan söng mazkur vazirlik Içki işlar vazirligi bilan birgalikda sobiq mahkumni koloniyada egallagan kasbi böyiça işga joylaştiriş çoralarini köradi.
Şu tariqa iş izlaş jarayoni inson köçaga çiqib, sarson bölganidan keyin emas, u hali muassasada ekanidayoq boşlanadi. Idoralar esa uning malakasi va imkoniyatini oldindan örganib, real bandlikni taʼminlaş uçun vaqt yutadi.
Ön yildan söng oçilgan öşa temir darvoza ikki xil manzarani namoyon qilişi mumkin. Biri sarsonlik va eski xatolarni körsatadi. Yana biri esa qölida hunari, oldida aniq işi bor sokin hayotga yetaklaydi. Yangi mexanizmlar çinakamiga işlasa, ozodlikka çiqqan inson oilasiga tayanç böla oladigan kasb egasi sifatida kirib boradi. Şunda diydor köz yoşlari tinganida uy içiga çökadigan sukunatda xavotir örnini ertangi kunga işonç egallaydi.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA şahlovçisi