Xatamov Azizbek Yaxraqulovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Baliqchilik va parrandachilikda ozuqabop o‘tlarni maydalagich qurilmaning fraksiyalash moslamasi parametrlarini asoslash” mavzusida
Xatamov Azizbek Yaxraqulovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Baliqchilik va parrandachilikda ozuqabop o‘tlarni maydalagich qurilmaning fraksiyalash moslamasi parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.08.2024.T.181.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 24 may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190100, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 288 A-uy. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Tel.: (+99876) 221-87-20
ye-mail: info@tdmau.uz