Xashimov Abdukomil Risbekovichning fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Uchinchi tartibli qo‘shma tipdagi statsionar va nostatsionar tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida
Xashimov Abdukomil Risbekovichning 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Uchinchi tartibli qo‘shma tipdagi statsionar va nostatsionar tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 4 mart kuni soat 16:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Tel.: (99871) 207-91-40;
e-mail: uzbmath@umail.uz