Xasanov Ravshan Rustamovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Harbiy xizmatchilarda noinfeksion kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha savodxonligini baholash” mavzusida
Xasanov Ravshan Rustamovichning 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha “Harbiy xizmatchilarda noinfeksion kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha savodxonligini baholash” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/04.07.2023.Tib.171.01 raqamli Ilmiy kengashida 2025 yil 6 may soat 11:00 da majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100052, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi.
Telefon: +99855 506-02-65
e-mail: qkhta_uz@mail.uz