Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi soddalashtiriladi
Joriy yilning 29-avgust kuni davlatimiz rahbarining “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi PF–180-sonli Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida mamlakatiimz hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA