Xalqaro taʼlim dasturi bitiruvçilari taqdirlandi
Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Cambridge International AS & A Level” dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur dastur öquvçilarga xalqaro standartlar asosida çuqur bilim oliş, tanqidiy va tahliliy fikrlaş, mustaqil izlaniş hamda muammolarga ilmiy yondaşiş könikmalarini rivojlantiriş imkonini beradi.
Dasturning ahamiyatli jihati şundaki, belgilangan yuqori natijalarga erişgan bitiruvçilar ayrim xorijiy oliy taʼlim muassasalariga qöşimça kiriş imtihonlarisiz qabul qilinişi mumkin. Şuningdek, ular universitetning qabul talablariga muvofiq Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bakalavriat bosqiçining ikkinçi kursidan öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega böladi.

Qayd etilişiça, “Cambridge International AS & A Level” dasturlari dunyoning 138 ta mamlakatida joriy etilgan. Uşbu malaka hujjatlari 99 ta mamlakatdagi 2 670 dan ortiq universitet tomonidan tan olinadi.
D.HAKIMOV,
ÖzA