Xalqaro kuzatuvchilar Buxoroda
Muddatidan ilgari Prezident sayloviga ikki kun qoldi. Mazkur siyosiy jarayonga nafaqat mamlakatimiz aholisi, shu bilan birga jahondagi ko‘plab siyosiy tashkilotlarning qiziqishi ortmoqda.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuvchilar missiyasi a’zolari Leykauskas Audryus Yunovich va Rachkov Sergey Anatolevichlar muddatidan ilgari Prezident saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasida bo‘ldi.
Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi Mirzohid Daminov bilan uchrashdi.
Xorijiy kuzatuvchilar saylov o‘tkazuvchi okrugning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchastka saylov komissiyalaridagi tashkiliy ishlar, ayniqsa, 5 iyulda yakunlangan muddatidan ilgari ovoz berish jarayoni qanday kechgani borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot jarayonida okrug saylov komissiyasi raisi xalqaro kuzatuvchilarni qiziqtirgan boshqa savollariga ham batafsil javob qaytardi.
Zarif Komilov, O‘zA