Xalqaro hamkorlik
Mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş, tibbiyot muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlaş va malakali mutaxassislar tayyorlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, ilğor xorijiy tajribani mahalliy tibbiyot amaliyotiga joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyatida Turkiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri — Otaturk universiteti bilan tibbiyot sohasida hamkorlikning yölga qöyilişi ana şu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasidir.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Muhsin Rajabov universitet rektori, professor doktor Ahmet Hajimuftuöğlu bilan uçraşdi. Uçraşuvda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, klinik tajriba almaşiş, zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Muloqot davomida Buxoro viloyatida tibbiyot sohasini rivojlantiriş, davolaş muassasalarining klinik imkoniyatlarini kengaytiriş, mutaxassislar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi. Turkiyalik mehmon esa universitetning ilmiy-tadqiqot yönalişlari, klinik bazasi va xalqaro hamkorlik tajribasi bilan taniştirdi hamda Buxoro bilan özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuvda, ayniqsa, onkologiya sohasida hamkorlikni kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, Otaturk universiteti klinikasi hamda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Onkologik kasalliklarni erta aniqlaş, ularni zamonaviy usullar asosida taşxislaş va davolaş, mahalliy mutaxassislarning xorijiy klinikalarda amaliy tajriba orttirişi kabi masalalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Zero, onkologik kasalliklarga qarşi kuraşda erta taşxis, töğri davolaş taktikasi va şifokorning zamonaviy bilim hamda könikmalari bemor hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Muzokaralar yakunida tibbiyot xodimlarining qisqa muddatli malakasini oşiriş va klinik tajriba almaşiş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatga muvofiq, har yili 100 nafarga yaqin mahalliy tibbiyot mutaxassisining malakasini oşiriş, ularni zamonaviy diagnostika va davolaş texnologiyalari bilan yaqindan taniştiriş, xorijiy mutaxassislar bilan klinik tajriba almaşiş hamda qöşma amaliy dasturlarni taşkil etiş közda tutilgan.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri