Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q –Prezident
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.
– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz! O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi.
Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi.
Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi.
O‘zA