Xalq ta’limi vaziri Surxondaryoda
FOTOREPORTAJ
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Termiz shahridagi barkamol avlod bolalar maktabida o‘tkazilgan fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilarga Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan raqslar namoyish etildi. Shundan so‘ng, Xalq ta’limi vaziri so‘zga chiqib, o‘quvchi yoshlarni erishgan muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etdi. Yoshlarning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.
[gallery-6004]
Xalq ta’limi vaziri Termiz va Angor tumanlaridagi maktablar faoliyatini o‘rganib, ushbu ta’lim maskanlarida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, yoshlarga zamonaviy ta’lim berish, ertangi kunimiz, mamlakat kelajagini rivojlantirishda pedagoglarning daxldorlik hissini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga maktablardagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar berdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA