Xalq o‘yinlari – millat yoshlarining g‘ururi
O‘yin tarbiyalash va xordiq chiqarish vositalaridan biri. O‘yin insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, harbiy va boshqa mashqlar, shuningdek, san’at ayniqsa uning ijro shakllari bilan qo‘shilib kelgan. Ma’lumki inson o‘z hayotida o‘yin, o‘qish, mehnat, dam olish kabi mashg‘ulotlari bilan band bo‘ladi. Inson hayotniing dastlabki davrlarida o‘yin asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa u o‘qish bilan baravar davom etadi, undan so‘ng esa o‘yin kamayib uning o‘rnini o‘qish va mehnat egallaydi.
Odamzod tarixining dastlabki davrlarida o‘yinlar hayotda muhim o‘rin tutgan. O‘yinlar yordamida insoniyat o‘sgan, ulg‘aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo‘lgan, aqlan-ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Bugungi lavhamiz o‘zbek milliy yoshlarining g‘ururini aks ettirgan - milliy xalq o‘yinlari haqida.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wQVawfVtXj8" title="Xalq o`yinlari – millat yoshlarining g`ururi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA