Xakimova Zilola Fazliddinovnaning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Tog‘ daryolari oqimini iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalari asosida baholash (Chirchiq-Ohangaron havzasi misolida)» mavzusida
Xakimova Zilola Fazliddinovnaning 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha «Tog‘ daryolari oqimini iqlim o‘zgarishining turli ssenariyalari asosida baholash (Chirchiq-Ohangaron havzasi misolida)» mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 23-fevral soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100052, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uy, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti majlislar zali.
Tel.: (+998) 71 2358512; faks: (+998) 71 2371319;
ye-mail: info@nigmi.uz