Xabi Alonso «Chelsi»ning o‘tgan mavsumdagi muammolarini aytdi
Alonso o‘tgan mavsumni Madridning «Real» klubida bosh murabbiy sifatida boshlagan, biroq 2026-yil yanvarida ispan klubini tark etgan.
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaga o‘tgan mavsum Angliya Premyer Ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun nima yetishmaganini aytdi. London klubi chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan.
“Iqtidor yetarli edi, ammo qiyin vaziyatlarda xotirjamlik yetishmadi. O‘yin biz istagandek kechmayotgan paytlarda vaziyatni nazorat qilishga yordam beradigan tajriba kam edi. Yosh futbolchilarga yordam beradigan yetakchilik ham yetishmadi”, — dedi Alonso.
Alonso 1-iyul kuni «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshladi. U 2026-yilda London klubini boshqargan uchinchi mutaxassisga aylandi.
2025/26 yilgi mavsumning birinchi qismida jamoaga italiyalik Enzo Mareska boshchilik qilgan. Uning ketishidan so‘ng bosh murabbiy lavozimida Liam Rosenoir va Kalum Makfarleyn ishladi.
Alonso o‘tgan mavsumni Madridning «Real» klubida bosh murabbiy sifatida boshlagan, biroq 2026-yil yanvarida ispan klubini tark etgan.