WSJ: AQSH dengiz qamali tufayli Eronning suzuvchi neft omborlari bo‘shab qolyapti
Eron Osiyo suvida tankerlarda saqlangan millionlab barrel xom neftni butunlay tugatdi, deb yozgan “The Wall Street Journal”. Xabar berilishicha, urush payti Tehron uchun barqaror daromad manbai bo‘lgan Islom Respublikasi suzuvchi zaxirasi oktabr oyi o‘rtalariga kelib AQSHning bir necha oylik dengiz qamali tufayli butunlay tugagan.
Shu bois hozircha Xitoyga an’anaviy ravishda uzatiladigan zaxirani to‘ldirish imkonsiz.
Manbaga ko‘ra, Eron endi Xitoyga neft jo‘nata olmaydi. Suzuvchi omborxonalar sanksiyaga qaramay, asosiy iste’molchi hisoblangan Xitoyga mahsulot yetkazib berish uchun yillar davomida ishlab chiqqan murakkab tizimning bir qismidir.
Hurmuz bo‘g‘ozidan o‘tmaydigan Eron nefti eksportining muqobil yo‘llari, masalan avtomobilda quruqlik yo‘li orqali tashish ehtiyojni to‘liq qoplay olmaydi.
S.Rahimov, O‘zA