“World Para Athletics” rahbari Toshkentga keldi
Butunjahon para yengil atletika federatsiyasi prezidenti Pol Fitsdjerald hamda tashkilot bosh menejeri Martin Chorli amaliy tashrif bilan poytaxtimizda bo‘lib turibdi.
Martabali mehmonlar O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasida munosib kutib olindi. So‘ngra, ular poytaxtimizda barpo etilayotgan "Olimpiya shaharchasi"da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.



Tashrif davomida “Los-Anjeles-2028” Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi para yengil atletika bo‘yicha 2027 yilgi jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilinib, "Olimpiya shaharchasi"da para atletlar uchun yaratiladigan sharoitlar, dunyo birinchiligi paytida para sportchilarni o‘zida qabul qiluvchi mehmonxona hamda restoranlar faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Majmuadagi "Paralimpiya markazi" loyihasi bilan ham tanishdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA