"World Boxing" kubogida 9 nafar bokschimiz chorak finalda jang qiladi
Mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilar medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Xitoyning Guyyan shahrida boks bo‘yicha “World Boxing” tashkiloti kubogi bahslari davom etmoqda. Ertaga musobaqaning chorak final janglari bo‘lib o‘tadi.
Navbatdagi kun dasturidan O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ishtirokidagi bahslar o‘rin olgan. Ularning g‘alabasi yarim final yo‘llanmasi hamda kamida bronza medalini kafolatlaydi.
Chorak final juftliklari quyidagicha:
–57 kg: Nigina O‘ktamova — Jessika Koutino (Braziliya)
–60 kg: Sitora Turdibekova — Krisandi Rios (Venesuela)
–50 kg: Asilbek Jalilov — Subxan Mamedov (Ozarbayjon)
–60 kg: Abdumalik Xalakov — Salim Ellis Bey (AQSH)
–70 kg: Shavkatjon Boltayev — Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
–75 kg: Javohir Abdurahimov — Gabriyele Guidi (Italiya)
–51 kg: Feruza Kazakova — Romane Moulai (Fransiya)
–80 kg: Javohir Ummataliyev — Hussein Iashaish (Iordaniya)
+90 kg: Arman Maxanov — Danabike Bayikevuzi (Xitoy),
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA