“Wildberries” “Premium sotuvchi” belgisini sinovdan o‘tkazmoqda
“Premium sotuvchi” belgisini olish uchun sotuvchilar platforma bilan kamida uch oy hamkorlik qilishi va “Premium” tarif rejasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, sotuvchilar 4,5 dan past bo‘lmagan reyting, mahsulotlarni qaytarish bo‘yicha past foizli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, o‘zini mas’uliyatli tadbirkor sifatida namoyon qila olishi kerak.
Xo‘sh, sotuvchilarga profilidagi siyoh rangli toj belgisi nima uchun kerak?
Shubhasiz, ishonch uyg‘otish uchun. Marketpleysning fikriga ko‘ra, belgi tufayli xaridorlar yuqori reytingga ega bo‘lgan sotuvchilarni osonlik bilan topishlari mumkin. Yangi belgi sotuvchilar va ularning mahsulotlari kartochkalarida paydo bo‘ladi. Kelajakda “Premium sotuvchi” belgisi bo‘yicha qidiruv filtrini ham sozlash mumkin. Xaridor ushbu belgini ko‘rib, sotuvchi “Wildberries” baholash mezonlariga javob berishiga ishonch hosil qilishi mumkin. U sotuvchining ishonchli ekanligidan dalolat beradi.
Bir tarafdan, bu onlayn savdo xavfsizligini ta’minlasa, boshqa tarafdan esa, har qanday reytingni ko‘tarish, istalgan frilans birjada fikr va izohlarni osonlik bilan sotib olish mumkin. Shuning uchun, profillardagi belgilarga ishonib bo‘lmaydi. Axir, noinsof sotuvchilar hamma vaqt eng murakkab to‘siqlarni ham yengib o‘tish yo‘llarini topa oladi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA