"WBA" reytingida o‘rin olgan bokschilarimiz
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oktyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi.
Reytingda super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kilogramm) muvaffaqiyatli jang o‘tkazayotgan bokschimiz Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, super yengil vaznda (63,5 kilogramm) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev sentyabr oyidagi 5 va 8-o‘rindan 2 pog‘ona pastlab, mos ravishda 7 va 10-o‘rindan joy oldi. Birinchi o‘rta yengil vazn toifasida (48,9 kilogramm) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi kabi to‘rtinchi o‘rinini saqlab qoldi.

Birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida jadvalda karvonboshliik qilmoqda. Bundan tashqari u "IBF" chempioni ham hisoblanadi.
Afsuski, ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA