WAM xalqaro hamkorlikni qadrlaydi
Hamkorlarimiz sahifalarida
BAA axborot agentligi (WAM) bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Rayssi axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Malayziyada bo‘ldi. Safar davomida unga yangiliklar mazmuni bo‘yicha ijrochi direktor Abdulla Abdul Karim hamrohlik qildi, deb xabar berdi WAM.
Ar-Rayssi matbuot, radio va televideniye, raqamli platformalar, bosma va nashr kompaniyalari, media industriyasi, elektron marketing yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama hamkorlik darajasini yuqori baholadi. Kelgusida umumiy manfaatli sheriklik yanada kengayishi ta’kidlandi.
Tashrif davomida agentlik delegatsiyasi Malayziya Milliy axborot agentligi (Bernama) va boshqa OAV mas’ullari bilan uchrashdi. Malay tilidagi kontentga ega mazkur agentlik o‘quvchilariga tezkor xabarlar yetkazishga ixtisoslashgan.
Mehmon Malayziya rasmiylarini Abu-Dabi Milliy ko‘rgazma markazi (ADNEC) tomonidan WAM bilan hamkorlikda 2022 yil 15-17 noyabr kunlari Abu-Dabida o‘tkazilayotgan birinchi “Jahon Media kongressi”ga taklif qildi.
Mezbon tomon anjumanning muhimligini ta’kidlab, muhokama qilinadigan masalalar xilma-xilligiga e’tibor qaratdi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA