Voyaga yetmagan bola onasiga olib berildi
Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi F.Davlatova oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i B.Abdiyevning uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
Biroq, farzandini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga murojaat qilgan. Sud bolani ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan.
–Majburiy ijro byurosi Buxoro tumani bo‘limi tomonidan 2020 yilda tug‘ilgan S.Nusratovni onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borildi, –deydi MIB Buxoro tumani bo‘limi davlat ijrochisi Asilbek Qandaxarov. –Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan bo‘lsada, qarzdor farzandini onasiga topshirishdan bosh tortdi.
Natijada davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 21 oktyabr kuni tegishli idora vakillari va xolislar ishtirokida bola onasi F.Davlatova tarbiyasiga olib berildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.
Zarif Komilov, O‘zA