Viloyatda terapevtlar ishi nazoratga olingan
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joylardagi uchastka shifokorlari hududida “oʻlim holati kamayishi”ga qarab ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi, deyiladi TASS xabarida.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joylardagi uchastka shifokorlari hududida “oʻlim holati kamayishi”ga qarab ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi, deyiladi TASS xabarida.
Davlat rahbari bilan muloqotda Kirov viloyati gubernatori Igor Vasilyev mazkur hududda bu amaliyot yoʻlga qoʻyilganini aytdi. Gubernatorga koʻra, viloyatda terapevtlar ishi nazoratga olingan. “Shifokor qaraydigan hududda oʻlim holati darajasi sezilarli pasaysa, unga yaxshigina mablagʻ – 10 ming rubl qoʻshib beramiz”, deydi Vasilyev.