Viloyat prokurori doktorantlar bilan uchrashdi
Buxoro viloyati prokurori doktorantlar bilan suhbatlashdi. Buxoro viloyati prokuraturasida Bosh prokuratura Akademiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasining 10 nafar doktoranti ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat prokurori Mahmud Istamov sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Ikki davlat akademiyalarining rejasiga muvofiq doktorantlar joriy yilning 8 noyabrdan 3 dekabrgacha bo‘lgan davrda chet elda amaliyot o‘tamoqda.

– Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik: nazariya va amaliyot muammolari mavzusida ilmiy ish yoqlayapman, – deydi doktorant Aygul Kusainova. – Ilmiy ishim doirasida ko‘plab davlatlarning soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarliklarini solishtiryapman. Tahlillar, solishtirmalar orqali nazariya va amaliyot muammolari o‘rganilmoqda.
Davra suhbatida doktorantlar o‘z ilmiy ishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Zarif Komilov, O‘zA