Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev bir guruh yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Sirdaryolik yoshlar ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz taqdirini, xalqimizning ertangi kunini belgilab beradigan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor samarasidir.

Viloyat hokimi ana shunday iste’dodli yoshlarimizning faoliyati ko‘pchilikka o‘rnak ekanligini ta’kidlar ekan, barchani izlanish va ilm olishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.
— Ilmliga ergashish, ilm o‘rganish, hunar egallash kerak, – deydi G‘ofurjon Mirzayev.

– Ilm va hunar bilangina O‘zbekiston kelajagi uchun xizmat qiladigan, xalq koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishish mumkin. Albatta, bu o‘ziga yarasha mehnat talab etadi. Farovon hayot mashaqqatli mehnat ortidan paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, sirdaryolik bir guruh yoshlar poytaxtda o‘tadigan “Yoshlar kuni” bayram tadbirida ishtirok etadi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA