Viloyat hokimi Lolaxon Murodovani yo‘qlab bordi
Oddiy o‘zbek ayoli, zahmatkash fermer, O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodova bugun tom ma’noda mardlik va matonat timsoliga aylangan. U butun umrini ona zaminga, dehqonchilikka bag‘ishlab, yuksak natijalarga erishmoqda. U rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligi respublikamizdagi eng ilg‘or xo‘jaliklardan biri hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qahramon opaning Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Uning holidan xabar olib, samimiy suhbatlashdi.
Dehqonchilikning akademigi Lolaxon Murodovaning hayot yo‘li barchaga ibrat. Shu bois, qahramon opa kabi qishloq xo‘jaligi sohasining ilg‘or vakillaridan maslahat va yo‘l-yo‘riq olish muhim ahamiyatga ega.
Viloyat hokimi sektorlar rahbarlari hamda tuman hokimi bilan birgalikda fermer xo‘jaligi dalalarida paxta yig‘im-terimi jarayonlarining borishini ham ko‘zdan kechirdi.
M. Sulaymonov, O‘zA