Viloyat hokimi hayit namozida qatnashdi
Bugun tongda yurtimiz mo‘min-musulmonlari Ramazon hayiti namozini ado etdilar.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi 285 jome masjidida ham hayit namozi o‘qildi.


Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida hayit namozida qatnashib, barcha samarqandliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.


---Bu yil Ramazon oyi saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi sifatida viloyatimizda ham munosib o‘tkazildi, - dedi A.Boboyev. - Oy davomida mehr-muruvvat va saxovat tadbirlari o‘tkazilib, xalqimiz hamjihatligi va totuvligini mustahkamlashga xizmat qildi. Bu davlatimiz rahbarining kecha xalqimizga yo‘llagan tabrigida ham alohida ta’kidlandi. Shunday qutlug‘ kunda yuritimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilayman. Ramazon hayiti munosabati bilan bugun viloyatdagi bir qator mahallarda ma’naviy-ma’rifiy, xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.



G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari