Navoiyda o‘tkazilgan velomarafonda uch yuzdan ziyod havaskor ishtirok etdi
Navoiyda “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Navoiyda “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichi o‘tkazildi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. “Kamolot-tur” velomarafoni ham yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yurtimizda velosportni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
Velomarafonda uch yosh toifasi bo‘yicha 300 dan ziyod havaskor sportchi ishtirok etdi.
Navoiy shahridagi 18-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Dmitriy Robov, Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Shohjahon Tilavov, Navoiy informatika va elektron sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Timur Sanagatulin birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.