Vatanparvarlik oyligi qizg‘in o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
E’tiborlisi, bu tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilayapti. Xususan, Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda «Milliy armiyamiz yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
[gallery-10260]
Tadbirda Navoiy viloyati Faxriylar kengashi a’zolari, harbiylar, o‘qituvchilar hamda harbiy vatanparvarlik sinfi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga olgan mazkur tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini ulg‘aytirish bilan birga, o‘sib kelayotgan avlod uchun o‘ziga xos tarbiya maktabi ekanligini ta’kidladi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA