Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati
Toshkent viloyati Zangiota tumanida vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi.

Tadbirga kelganlar ming nafardan ziyod yoshlar tuman hududida 2020-yilning 3-yanvar kuni foydalanishga topshirilgan Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti hamda hududdagi harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir doirasida Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi va Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi jamoalarining harbiy vatanparvarlik ruhidagi konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar harbiylarning qoʻl jangi va faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlarini ham tomosha qilishdi.
